14-yanvar Vatan himoyachilari kuni


14-yanvar Vatan himoyachilari kuni

14-yanvar  — «Vatan himoyachilari kuni»  ga bag’ishlangan tadbir kechasi bo’lib o’tdi. Kechaga xarbiy qism zobit va askarlari tashrif buyurishdi. Tadbir davomida Vatan himoyachilarini majmuamiz o’qituvchi va o’quvchilari qizg’in muborakbod etishdi. Tadbirga yana vatan himoyachilarini tabriklash uchun ota-onalar hamda mahalla faollari ham tashrif buyurishib o’z dil izhorlarini bayon etishdi. Yig’ilganlarni majmua o’quvchilari o’zlarining qiziqarli she`r, qo’shiq va raqslari bilan xushnud etdilar hamda esdalik sovg’alarini taqdim etdilar. Tadbir davomida askarlar har bir sinf o’quvchilari bilan yaqindan suhbat qurishib, harbiy xizmatning mashaqqat va zafarlari haqida so’zlab berishdi. Bunday suhbatdan  o’quvchilarimizning Vatan himoyasiga bo’lgan qiziqishlari yanada ortib, askarlarni qiziqarli savollar bilan o’rab olishdi. Tadbir kechasi barchada qiziqarli taasurot qoldirdi. Tadbirdan s’ong o’quvchilar Vatan himoyachilari bilan esdalik uchun suratga tushdilar. 
ааа
    


a5
а1a2a6бббаааааааааааааа