Seminar

Fargona shahar  41-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida        THE IMPORTANCE OF ENGLISH IN MAKING PROSPERIOUS FUTURE”  mavzusidagi o’quv seminari

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi  PQ-1875-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, umumta’lim maktablari o’qituvchilariga Chet tili fanini o’qitishda metodik yordam berish, ularning pedagogik mahoratini va malakasini oshirish, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini keng joriy etish, Chet tilida yaratilayotgan darsliklar, o’quv metodik qo’llanmalarni tajriba sinovdan o’tkazish sharoitlarini yaratish  hamda O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2013 yil 28 oktyabrdagi 344-sonli buyrug’i,  viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2013 yil 1 noyabrdagi 211 AI-sonli buyrug’i hamda  Farg’ona shaxar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limining  2013 yil 5  noyabrdagi 85/1-sonli buyrug’i  ijrosini ta’minlash maqsadida maktabning 2013 yil 6 noyabrdagi “Chet tili fanlaridan tayanch maktablarini tashkil etish haqida”gi 13/1-sonli buyrug’i ishlab chiqildi.20141126_100133

Yuqorida ko’rsatilgan buyruqlar ijrosini amalga oshirish maqsadida 2014 yil 26 noyabrь kuni Fargona shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi tasarrufidagi 41-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ”The importance of English in making prosperious future” mavzusida o’quv seminari o’tkazildi. Seminardan ko’zlangan maqsad hozirgi kungacha  o’quvchilarning bilim samaradorligini  o’rganish va tajriba almashishdan iborat. O’tkazilgan o’quv seminarda bo’lim xorijiy tillar metodisti A.Raxmatova, tarix metodisti X.Niyozova,  bo’lim tasarrufidagi umumta’lim maktablarining 42 nafar  xorijiy til fanlari o’qituvchilari, bo’lim xodimlari  ishtirok etishdi.20141126_102341

O’quv seminari ishtirokchilari majmuada tayyorlangan  ko’rgazma  hamda   O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil  10 dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1875-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida olib  borilayotgan ishlar bilan tanishdi.Копия 20140221_090429

Seminar davomida  maktabning ingliz tili fani o’qituvchilari B.Abduraxmonova va  SH.Otajonova  tomonidan  2-“G”sinfda “Eleven, twelve ….” mavzusida ochiq dars,   6-“A” sinfida ingliz tili fani o’qituvchisi N.Jo’raeva  “Whose sandwich is this?” mavzusida,              6-“V” sinfida ingliz tili fani o’qituvchisi B.Maxkamova “Do you want to be healthy?” mavzusida ochiq darslar  o’tkazdilar.

Maktabda  o’tkazilgan ”The importance of English in making prosperious future” mavzusidagi o’quv seminari yakunidagi 8-sinflar o’rtasidagi ingliz tili musobaqasi  seminar ishtirokchilariga taqdim etildi.

 

Maktab direktori:    M.Raximova