Olimlarning g’aroyib qiziqishlari

Mendeleyev (2)Shaharga yangi kelgan bir kishining ko’ziga do’kondan charm sotib olib chiqib ketayotgan odam issiq ko’rinib, sotuvchidan u haqida so’radi:
— Kim bu kishi?
— Nahotki bilmasangiz? — deya ajablandi do’kondor. -Bu axir mashhur chavandoz, usta Mendeleyev bo’ladiku?
Haqiqatan ham elementlar davriy sistemasini tuzgan buyuik kimyogar ayni vaqtda jomadon yasashga ishqiboz bo’lgan.
Shu bilan birga Mendeleyev Tasviriy san`at bilimdoni va muxlisi ham edi.


Mashhur  fransuz fizigi, Nobel mukofoti laureati Frederik Jolio-Kyuri baliq oviga shunchaki ishqiboz bo’lib qolmay, bu sohada yirik mutaxssis-ixtiolog edi. Aytishlaricha, uning baliqlarga oid bilimlarini yadro fizikasiga oid bilimlari bilan tenglashtirish mumkin ekan.
Jolio Kyuri dengiz yoki daryoda tug’ilgan har qanday baliq nomini bexato aytib berishdan tashqari,uning o’ziga xos biologik xususiyatlaridan ham yaxshi xabardor bo’lgan. Baliqchilar olimning dengiz ob-havosini oldindan aytib berishiga qoyil qolishgan.


00001922 yilda Daniya gazetalaridan biri «Taniqli futbolchi Nils Borga Nobel mukofoti berildi» deb yozgandi. Haqiqatan ham bu mashhur fizik Nils Bor mohir futbolchi bo’lib u milliy terma jamoaning darvozaboni edi.
1910 yili Kopengagen universitetining zallaridan biriga matematiklar bilan fiziklardan tashqari futbol bo’yicha Daniya terma jamoasi a’zolari, shuningdek, o’nlab futbol ishqibozlari ham to’planishgandi. Bu yerda Nils Boming ukasi, taniqli matematik va ayni vaqtda mamlakat terma jamoasining yarim himoyachisi Xarald Bor doktorlik dissertatsiyasini yoqlayotgan edi. Aslida-ku dissertasiyaning mohiyatini zaldagilaming juda oz qismigina tushunardi, lekin, futbol ishqibozlari sevimli o’yinchilari may donga tushgan o’yindan kam hayajonlanishmasdi. Chunki, ikki yil avval Londonda bo’lib o’tgan Olimpiya o’yinlarida Daniyaning kumush medalni qo’lga kiritishida mohir futbolchi, chap qanot yarim himoyachisi Xarald Boming xizmati ham katta bo’lgan edi.


Olimlarimiz orasida ham xilma-xil kasb Iva hunar ishqibozlarini uchratish mumkin. iMasalan, el-yurtga yaxshi tanish bo’lgan Idavrimiz allomalaridan bir nechtasini misol Ikeltiraylik. Harakatchan bo’lishni talab Iqiluvchi tennis o’yini ko’p olimlarimizni lo’ziga rom etgan. O’zR FA Fizika — Itexnika instituti direktori Sodiq Azimov |ham tennis o’yini shaydosi edi.
Fizik olim, akademik Ubay Oripov esa Irespublika tennis federatsiyasining raisi Ibo’lgan, hatto, boshlovchi tennischilar |uchun qo’llanma ham yozgan.
Hozirda 90 yoshni qoralagan Akademik Muxtor Saidov dumstgina mashshoq ekanligidan tashqari mohir tennischi ham. U 1983 yili Ukraina poytaxti Kiyev shahrida bo’lib o’tgan akademiklar va muxbir a’zolar o’rtasidagi musobaqada umumiy hisobda ikkinchi o’rinni egallab, kumush medalga sazovor bo’lgan.

 

 

Оставить ответ

*