Bilasizmi?…

ESDA TUTING!

TELEFON  VA  PLANSHETLARNING ZARARI

00Olimlar zamonaviy telefon va planshetlar ko’zning xiralashishi, umurtqa pog’onasinining xastalanishi hamda oiladagi kelishmovchiliklarga sabab bo’ladi, deb xulosa chiqarishmoqda.
Kichik ekranga doimiy diqqat qilish ko’zning qurishi, shamollashi va yuqumli kasallikka duchor bo’lishiga olib keladi, deb tushuntiradi oftolmolog olimlar.
Eng asosiysi, u bolalarda uzoqni ko’ra olmaslik kasalligini keltirib chiqaradi.
000
Qo’lidan mobil telefon va planshetlami qo’уmaydigan larning ko’pchiligi bo’yni va yelkasidagi og’riqlardan shikoyat qilishadi. Sababi, ular kichik ekrandagi matnni o’qish uchun doimiy ravishda boshlarini egib o’tirishga majbur bo’ladilar. Bunday holat umurtqa pog’onasining noto’g’ri turishiga va undagi asab tolalarining qisilib qolishiga sabab bo’ladi. Natijada bosh og’rig’i yoki doimiy charchoqni his qilish paydo bo’ladi, — deydi fizioterapevt Kristion Lord.

0
Psixologlaming aytishicha, smartfondan foydalanuvchilar yolg’iz yurishni yoqtirishadi. Bu esa ulaming odamlar bilan muomalasiga salbiy ta’sir qiladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ijtimoiy tarmoqdagi virtual do’stlar bilan muloqot oilaviy munosabatlami buzadi va oilada qarama-qarshiliklami keltirib chiqaradi. Bunday holatga duchor bo’lmaslik uchun yaqinlaringiz bilan o’tirganda va ovqatlanayotganda mobil telefonlami uzoqroqqa olib qo’ying.
00000
Smartfonlarga dermatologlaming ham e’tirozi bor. Mobil telefondan doimiy ravishda foydalanadigan 30 yoshgacha bo’lgan bemorlar yuzining pastki qismi salqib, osilib qoladi. Qovoqlarida xaltachalar hosil bo’ladi.

Manbaa: XXI asr texnologiyalari jurnali


KOMPYUTER NIMA DEYDI?

Savol:  —  Har gal kompyuterni yoqqanimda bitta chiyillashga o‘xshash ovoz eshitaman. Ba’zida u sal boshqacharoq chiqadi. Bu tovush nimanidir anglatadimi, u nega o‘zgarib qoladi?

Javob:  —  Kompyuterning ona platasiga kichkinagina dinamik biriktirilgan bo‘lib (uni «spiker» deb ataydilar), ana o‘sha kompyuterni yoqqaningiz zahoti tarkibiy qismlar holati va umuman, kompyuterning ishlashi haqida xabar beradi.

Siz aytayotgan «chiyillash» – shunchaki tovush emas, balki kompyuterda “hammasi joyida” ekanligi haqidagi signaldir. Ba’zida esa, spiker butunlay boshqacha ovoz beradi, yoki umuman jim turadi. Bu bilan u qayerdadir nosozlik mavjudligidan ogohlantiradi.

Kompyuterning «tili»ni tushunib olish uchun spikerning quyidagi asosiy signallarini bilib olishimiz lozim bo‘ladi:

— bitta qisqa signal – hamma jihozlar to‘g‘ri ishlamoqda;

— signal umuman yo‘q – ozuqa blokida muammolar mavjud, u ona plataga ulanmagan bo‘lishi mumkin, shuningdek, ona plataning o‘zi ham ishdan chiqqan bo‘lishi ehtimoli mavjud;

— uzluksiz signal – ozuqa blokida nosozliklar bor;

— ikkita qisqa signal – ahamiyatsiz nuqsonlar mavjud;

— bitta uzun, takrorlanuvchi signal – tezkor xotirada muammolar mavjud, uni slotdan chiqarib olib, qaytadan joylab ko‘ring.

Yuqoridagilardan tashqari yana ko‘plab signallar bor, lekin bu yerda faqat eng asosiylarini keltirishni lozim topdik. Boshqa signallar kamdan-kam hollarda uchraydi.

Оставить ответ

*