Архив категорий Saytimizda ekanligingizdan minnatdormiz!

«Ota – ona bilan muomala qilishdagi o’ttiz besh odob»

Aziz o’quvchilar!

Bugun siz uchun ajoyib maslahatlarni taqdim qilmoqchimiz. Ijtimoiy tarmoqlardan olingan mazkur maslahatlar sizga foydali bo’ladi va ma’naviy dunyoingizni boyitadi degan umiddamiz.

«Ota – ona bilan muomala qilishdagi o’ttiz besh odob»

1) Huzurlarida qo‘l telefonlarini o‘chirib qo‘yish.
2) Gapirayotganlarida jim turish.
3) Ra’ylarini qaytarmaslik. 4) Gaplarini ma’qullab turish.
5) Ularga o‘zini hokisor tutib qarash.
6) Ularga doim maqtov,madh aytib turish.
7)Ularga hursandchilik xabarlarini ulashish.
8) Yomon xabarlarni oldilarida gapirmaslik.
9)Ular yaxshi ko‘rgan kishilarni va do‘stlarini maqtash.
10) Erishgan yutuqlarini doim eslatib turish.
11) Agar qayta-qayta gapirsalar ham, gaplarini tasdiqlab ko‘ngillarini ko‘tarib turish.
12) O‘tmishdagi alamli o‘rinlarni zikr qilmaslik.
13) Ortiqcha gaplardan chetlanish.
14) Oldilarida hurmat saqlab o‘tirish.
15) Fikrlarini past va noqis sanamaslik.
16) Gaplarini tugatmaslaridan oldin eshitmasdan turib ketmaslik.
17) Yoshlarini hurmat qilish va nabiralari bilan ularni bezovta qilmaslik.
18) Oldilarida nabiralarini jazolamaslik.
19) Hamma nasihatu-fikrlarini qabul qilish.
20) Huzurlarida ularga ehtirom ko‘rsatish.
21) Ularga ovozni ko‘tarmaslik.
22) Ulardan oldin yoki oldilaridan yurmaslik.
23) Taomga ulardan oldin qo‘l uzatmaslik.
24) Ularga tikilib qaramaslik.
25) Ular bilan faxrlanishlik,agar ular shunga loyiq ish qilishmagan bo‘lsa ham.
26) Oldilarida oyoq uzatmaslik yoki ularga orqa qilmaslik.
27) So‘kilishlariga sabab bo‘lmaslik.
28) Har doim ularni haqlariga duo xayr qilish.
29) Oldilarida charchoq va xafalikni zohir qilmaslik.
30) Ularda sodir bo‘lgan xatolarga kulmaslik.
31) O‘zlari talab qilishlaridan oldin, xizmatlarini bajarish.
32) Doimiy ravishda ularni ziyorat qilib turish va ularga g‘azab qilmaslik.
33) Ular bilan gaplashganda chiroyli so‘zlarni tanlab ishlatish.
34) O‘zlariga yoqadigan ismlar bilan murojaat qilish.
35) Ularni hamma narsadan va hamma odamlardan ustun
qo‘yish

Manba Sadikov_uz

Oromgohda yoz — o’tmoqda soz!

Majmuada tashkil etilgan kunduzgi «Shodlik» oromgohi ayni kunlarda zavqqa to’ldi. Unda majmua o’quvchilari ta`til kunlarini maroqli va mazmunli o’tkazishmoqda. Erta tongdan oromgohga shoshilib kelgan bolalar guruh rahbarlari boshchiligida turli kongilochar o’yinlar, sport o’yinlari, ingliz tili mashg’ulotlari hamda kompyuter savodxonligi to’garaklarida qatnashib, hordiq chiqarish bilan birga o’zlarining bilimlarini boyitib borishmoqda. Bolalarning yaxshi dam olishlari uchun to’garak mashg’ulotlari ham eng qiziqarli mavzular bilan boyitilgan. Bundan tashqari muzey va teatrlarga sayohatlar uyushtirilmoqda. Oromgohning bunday ko’rinishi bolalarning qalbida majmuaga, ustozlarga bo’lgan mehrini yanada orttirmoqda. Oromgoh qisqa kunlarda boshqa ko’pgina oquvchilarni ham o’ziga jalb qilishga ulgurdi. Ikkinchi o’n kunlikda ham bir qancha o’quvchilar oromgohda dam olishlari kutilmoqda. Bundan biz ham, o’quvchilar va ota-onalar ham xursandlar. Qisqa qilib aytganda, yoz — o’tmoqda soz!

G’OLIB TAQDIRLANDI

  Yaqinda Qashqadaryo viloyatida bo’lib o’tgan Inovatsion olimpiyada Respublika bosqichida majmuamiz 10-«A» sinf o’quvchisi Rahmonaliyev Nurislom qatnashdi. U tarix fanidan qatnashib faxri o’rinni qo’lga kiritdi va O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirining maxsus sertifikati bilan taqdirlandi.

Прочитать больше

Bayramingiz muborak bo’lsin AZIZ AYOLLAR!

Boshingiz oftobi osmon bo’lsin,
Kunduzingiz chog’idir oqshom.
Saodat birla u nurafshon bo’lsin,
8 mart MUBORAK BO’LSIN!

Махорат дарслари…

Sobirjon 32017 йил 13декабрь куни Фарғона шаҳар 41-ИДУМда маҳорат дарслари ташкилланди. Маҳорат дарсларида шаҳар чет тили ва она тили фани методистлари ҳамда она тили ва инглиз тили фани ўқитувчилари иштирок этишди. Прочитать больше