Muhammad Yusuf she`rlari

Vatanim (M. Yusuf)

Sen Ho`jandsan,
Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim.Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig` deb
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to`qson olti
Urug`imsan, Vatanim …O`g`lim desang osmonlarga
G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo`lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug`beging quchgayman,
G`ichir-g`ichir tishimdagi
So`lig`imsan, Vatanim …O`tgan kuning – o`tgan kundir,
O`z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo`lin bog`lab,
Dilin dog`lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug`imsan, Vatanim.Yoningda qon yig`lagan bir
Shoiringga qarab qo`y,
Gar Qo`qonga yo`ling tushsa,
Detdomlarni so`rab qo`y.
Hech bo`lmasa Usmon hokin
 
Keltirmoqqa yarab qo`y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug`imsan, Vatanim…Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
O`glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo`ynimdagi iftixorim,
Bo`ynimdagi tumorim,
O`zing mening ulug`lardan
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon,
O`zim sulton,Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim …Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdard-u hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri
Ilig`imsan, Vatanim.Sen Mashrabsan,
Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonidaFaqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan da’vo qilgan,
Ming bir yog`i ochilmagan
Qo`rig`imsan, Vatanim.

Vatanim. M.Yusuf (doc)download


 

Alloh go’zal 

Orazi gul, husni hilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal …
Arsh arkida sulton o`zi,
Beaybu benuqson o`zi.
Poyiga cho`k, ul Zuljalol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Diydori bir shirin umid,
Azal vujud, abad vujud.
Kimga ayon, kimga xayol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal …
Nahri zilol, bag`ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal …
Tuproqqa jon etmish ato
Momo havo, Odam Ato,
Loydan odam yasar kulol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal …
Shoir tilak-ta’bim o`shal,
Ruhim o`shal, Rabbim o`shal,
Allohu akbar, ey Bilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal!..

 Kapalaklar

Tug’ilgаndаn mеn sho’rlikning bаg’rim qоn,
Bir jismimdа tаlаshаdi ikki jоn,
Jоn tаlаshsаm, tеpаdа chаrх urgаn
ul,
Kаpаlаklаr оdаmlаrdаn mеhribоn.
Оqqushlаrim оq yomg’irdа uchаrlаr,
Sаhаrlаrdаn shudring-shаrоp ichаrlаr.
Tаnlаmаyin qаbrlаrni quchаrlаr,
Kаpаlаklаr оdаmlаrgа mеhribоn.
Gulgа qo’nsа qаnоtlаri bоtmаydi,
Оjizlаrim birоvgа tоsh оtmаydi.
Bir kun yashаr bir-birlаrini sоtmаydi,
Kаpаlаklаr оdаmlаrdаn mеhribоn.
Bir qаrаsаng, nа kulbаsi, uyi yo’q,
Nа tоvushi, nа qo’shig’i, kuyi yo’q.
Kаpаlаkning kаmbаg’аli bоyi yo’q,
Kаpаlаklаr оdаmlаrdаn mеhribоn.
Kаpаlаkning Kа`bаsidir hur dаlа,
Dаlаsidа mеhr to’lа nur to’lа.
Bахtsiz bo’lsа, bаri bахtsiz bir yo’lа,
Kаpаlаklаr оdаmlаrdаn mеhribоn.
Оydin оqshоm yodgа tushding о
mаlаk,
Sеni o’ylаb bo’ldi yanа qоn yurаk.
Sеvаmаn dеb аldаmаydi kаpаlаk,
Kаpаlаklаr оdаmlаrdаn mеhribоn.
Muхаmmаdgа ishоngаn ey,
mo’minlаr,
O’lsаm, so’zim eslаb, o’ygа
cho’minglаr.
Kаpаlаkning qаnоtigа ko’minglаr,
Kаpаlаklаr оdаmlаrdаn mеhribоn….

download



 

Lolaqizg’aldoq_M.Yusuf 

Shavkat Rahmon xotirasiga

Mendan nima qolar:
Ikki misra she ’r,
Ikki sandiq kitob,
uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni o`ylayman
O`zimdan ko`proq –
Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq!
Men ketsam, yomondan
Yiroq bo`l, ohu,
Chunki sen chiroyli,
Ko`rkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi bo`lar-u,
Yomon odam yaxshi
Bo`lmas hech qachon…
Yasha chegarada
Turgandek ogoh,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Uyda yotibman-u,
Sezib turipman,
Ko`kda kelayotir
Qushlar qaytishib.
Xayrlar yog`dirib
Qanotlaridan,
Xasta shoiriga
Vido aytishib.
Bor, mening uchun ham
Ularga qo`l qoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Ularni men yana
Ko`rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To`ylar boshlandi.
Yuragim pora –
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim …
Demak, taqdir ekan
To`y ko`rmay o`lmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Biroq, ko`nglim sezar,
Mendan keyin ham,
Bir kun bu hovliga
Odam to`ladi.
Hali to`ylar qilib
Charchaysan, erkam,
Mening qizlarim eng
Baxtli bo`ladi!
Kelinlar ko`ylagi
Ruhimday oppoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Gulim, yaqinroq kel,
Qara, ne savdo,
Bu ajib ishlarni
Dil lavhiga yoz:
Kimga qasr yetmas,
Kimga mol-dunyo,
Menga esa havo
Yetmaydi, xolos.
Tiriklar mudroqda,
O`liklar uyg`oq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!Ko`ksim kuyib borar,
Ko`krak yonmoqda,
Ayting do`xtirlarga,
Yorishsa yorsin!
Jism o`z ulfati –
Jondan tonmoqda.
Bechora jon endi
Qayerga borsin.
Endi osmon yiroq,
Endi yer yumshoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Bunu xayot derlar,
Unutma aslo,
Bir kun ochilasan,
Bir kun so`lasan.
Qalbimda-ku, faqat
Sen eding tanho,
Qabrim ustida ham
O`zing bo`lasan.
Sen bizning sevgidan
Xotira – bayroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G`am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so`radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo`lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Ko`ksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Jon so`ngi boshpana
Toparkan ongda,
U yurak ostida
Derdim men bo`lsam.
Ajablanma agar
Ertaga tongda
Seni o`pib, O`shni
Quchoqlab o`lsam!..
O`tinchim – tepamda
Yig`lama uzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Kimga mol-dunyo,
Menga esa havo
Yetmaydi, xolos.
Tiriklar mudroqda,
O`liklar uyg`oq –
Gulim, yaqinroq kel,
Qara, ne savdo,
Bu ajib ishlarni
Dil lavhiga yoz:
Kimga qasr yetmas,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Ko`ksim kuyib borar,
Ko`krak yonmoqda,
Ayting do`xtirlarga,
Yorishsa yorsin!
Jism o`z ulfati –
Jondan tonmoqda.
Bechora jon endi
Qayerga borsin.
Endi osmon yiroq,
Endi yer yumshoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Bunu xayot derlar,
Unutma aslo,
Bir kun ochilasan,
Bir kun so`lasan.
Qalbimda-ku, faqat

download



Maktub  

Sevgilim,
Sevgilim,
Og`riydi dilim.
Jonim og`riyverar sizni o`ylasam.
Gulday yuzinggizni silar endi kim,
Meni eslarmisiz — yo`qmi o`shal
dam…
Bulutlar ko`k kezar kunda piyoda
Ufqqa oftob botar qizil gulxanday.
Armonim ekansiz yorug` dunyoda,
Sizni o`ylamasdan yasharman
qanday?
Ko`nglim ayvonida kuz hushtak
chalar,
Ko`zimdan yosh bo`lib yog`adi
yaproq.
Do`stlarim — takabbur
shoirvachchalar
O`zlarin sevishar yoridan ko`proq.
Kunlarning kaftida sevgi xanjari,
Bag`rimda begunoh bir gul so`ladi.
Toychoqqa aylanib goh kechalari,
Tuproqqa ag`anab yotgim keladi!..
Sevgilim,
Sevgilim,
Og`riydi dilim.
Jonim yomon og`rir sizni o`ylasam.
Sunbul sochingizni silar endi kim,
Meni eslaysizmi-yo`qmi o`shal
dam.
Bilmayman,
Bilishni istamayman ham,
Bilganim — menga baxt nasib
etmadi.
Yillar o`taverdi, ko`zim o`ngidan,
Sizning oydek ruxsoringiz
ketmadi…
Dunyo omon bo`lsin,
Siz bo`ling omon,
Omadli bo`ling siz.
Baxtli bo`ling siz.
Lekin,
Bilib qo`ying,
bilib qo`ying hamon
Sizni unutolmas Muhammadingiz!

download



Mening dardim 

Tuzalmaydi dardim mening,
O`lsam kerak.
Tuproq bilan og`a-ini
Bo`lsam kerak.
O`lim nima? Bu ham bitta
Sayr, Ona.
O`g`ling qaro yerga ketdi,
Xayr ona …
Tuzalmas bu dardim mening,
Umidim yo`q.
Xira shamdek ko`zlarimda
So`nmoqda cho`g`.
Cho`g nimadir? Cho`g` ham tutab,
Kul bo`ladi.
Inson bir kun o`z mayliga
Qul bo`ladi …
Yuragimni tamom qildim,
Yig`layverib.
Huzurimda ajal turar,
Qoshin kerib.
Men hayotda o`limga tik
Boqib o`sdim …
Qani menga atalgan joy,
Ketdik, do`stim!

download



Muhabbat  

Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ey ko`hna dard, ey ko`hna tuyg`u.
Ko`kragimga qo`lingni tirab,
Yuragimni to`kib qo`yding-ku.
Qancha ko`zlar menga zor edi,
Na g`am, na anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan so`kib qo`yding-ku.
Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo`yding-ku.
Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor yo yaxshi qol eding,
Jon kerakmi — mana ol endi,
Qiynar bo`lsang qiynab to`yding-
ku.
Bilmam, nima edi maqsading:
Menga bir juft guling asrading,
Birin otin Kumush atading,
Birin ismin Zaynab qo`yding-ku!
Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ko`chang kezdim sarson, dovdirab,
Yuzlarimga yuzlaring tirab,
Ko`zlarimni boylab qo`yding-ku!..

Muhabbat  sen  chiroyli 

Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go`zalsan.
Tag`in bir zum turaylik,
Gapirmayman, uyalsang…
So`ng ketarmiz. Sezdimki
Men orzuga yetmadim.
Seni shunday sevdimki
Qo`lingdan ham tutmadim.
Qo`ling… sening qo`llaring,
Muloyimdir ehtimol.
Ayri tushdi yo`llarim,
Sevar yorim, yaxshi qol.
Muhabbat, unut meni,
Va men ham… unutmayman.
Tushlaringda kut meni,
Tushlaringga kirgayman…
Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go`zalsan.
Kel, ko`rishib turaylik,
Salomlashmay, uyalsang.

Muhabbatim  

Muhabbatim, qaydasan qalb
ardog`im,
Jayronko`zim, qirlarda qolgan
ohum.
Qo`lim tegmay to`kilgan
qizg`aldog`im,
Endi seni izlab qaydan toparman…
Kelar bo`lsang, yo`lingga gul
to`shardim,
Sen Layliga, men Majnunga
o`xshardim,
Bu dunyoda hijron yo`q deb
yashardim,
Endi seni izlab qaydan toparman…
Tushlarimda yig`larsan goh bag`ri
qon,
Ohlaringdan dud chiqib osmon-
osmon,
Menga senu senga men bo`ldik
armon,
Endi seni izlab qaydan toparman…
Muhabbatim, qaydasan, qalb
ardog`im,
Jayronko`zim, qirlarda qolgan
ohum,
Qo`lim tegmay to`kilgan
qizg`aldog`im,
Endi seni izlab qaydan toparman…

O`lsamu  unutsang… 

Uchida lovillab tursa yuragim…
Shunga nima deysan, bevafo yorim?
Sen Xudo emassan axir, o`ylanma,
Jonimning rishtasi qo`lida uning,
Ammo Muhammadsiz o`tmaydi kuning,
Kel, mayli men o`lmay, sen ham qiynalma —
Shunga nima deysan, bevafo yorim?..
O`lsamu unutsang menday yigitni,
Yog`ar yo`llaringga afsus-anduxim.
Oq tulporday minib oppoq bulutni,
Uyingning ustidan o`tadi Ruhim…
Unga nima deysan, bevafo yorim?
O`lsamu unutsang menday yigitni,
Qaro tuproq silab yotsa kuragim,
Sen o`choq oldida chaqqan gugurtni

Ona  veni  nega  tug’ding 

— Ona, meni nega tug`ding?
— Yurting uchun.
— Ona, meni nega tug`ding?
— Baxting uchun…
— Ona, meni nega tug`ding?
— Zoriqqandan.
— Ona, meni nega tug`ding?
— Zerikkandan…!

Onamga

Oh, mening ortimdan ovvora
onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora
onam,
Bolang bo`lib bir bor boshlab
keldimmi,
Endi men ham senga o`g`il
bo`ldimmi!..
Garchi bisotingda «bayram» so`zi
yo`q,
Bilaman, kutasan sandal to`la
cho`g`,
Menda yurak deganlarin o`zi yo`q:
Men sovg`a bermagan qiz yo`q bu
oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin
kalom,
Endi men ham senga o`g`ilmi,
onam?.Deysan: olislarda omon yursang
bas,
Yodingga tushsam goh yo`qlab
tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi
xavas…
Axir, mening dardim She’r emas
faqat,
Men mashhur shoirmas — mashhur
beshafqat,
Endi men ham senga o`g`ilmanmi,
ayt?…
Sha`ningga she’r bitdim. U seni
topsin,
Poyingga tiz cho`kib, qo`lingni
o`psin.
Undan ham ulug`im borligin ko`rsin,
Men uchun ham aziz holingni
so`rsin,
Sensiz g`arib ko`nglim ko`ngilmi,
onam,
Endi men ham senga o`g`ilmi,
onam!..

Оставить ответ

*