Aforizmlar

* Daftar hoshiyasidagi bitiklar . O’tkir Hoshimov
* Bu dunyoga keldingmi.  To’g’ay Murod
* Buyuk ximik olimlar hayotidan..
* Yavshilar borligi uchun…

 

 

  •  Hayot masalalari eng qiyin masalalardir,chunki uni yechish uchun qo’llanma,formula yo’q. Uni yechish uchun faqat bir yo’l bor: sabr bardosh,chidam va matonat kerak. 
  • O’qituvchilik kasbini juda sevaman. Nima uchun degan savolga javob berish uchun shu kasbda necha yil ishlagan bo’lsam shuncha yil tushintirishim kerak.
  • Men o’zimdan kattalardan ,tengqurlarimdan iltimos qilardimki, o’zlari amal qilmaydigan ishlarga bolalarni jalb etmasalar, da’vat etmasalar ,yoshlarga esa kattalarning xar bir gapini qonun deb qabul qilmaslik,balki aql tarozusida tortib , so’ng hayotga tadbiq etsalar.
  • Doimo bola bo’lgim keladi,chunki bolalarni qalbi pokiza, niyatlari xolis, birovni yomon ko’rib ulgurganlari yo’q.
  • Hayotni kuzatdimu bir narsaga lol qoldim, xamma o’g’irilik bilan shug’illanadi.
  • download
  • Kitobdan xursandman, chunki juda ko’p narsalarni o’rgandim,ammo oz-moz xafaman yomon narsalarni ham o’rgatib qo’yibdi.
  • Badiiy adabiyotni vujudi bilan sevuvchi do’stlarimni ogoh etmoqchiman,asardagi obrazlar bu yozuvchining qaxramonlari, jiddiy, o’shalardek bo’lishga o’ta berilib ketmang, siz olloh bandasisiz.
  • Eng og’ir kuningda yoningda kim bo’lishini juda-juda istasang , eng xursand kuningda o’sha kishini taklif et.
  • Ixtiyor menda bo’lsa bozorlarda, magazinlarda vijdon,halollik, poklik , ozodalik bir-biriga yaxshilik maxsulotlarini sotar edim,chunki shu narsalarni o’z pulimizga sotib olsak qadriga yetarmidik.
  •  Ko’chalarga, maydonlarga maktablarga va hakozolarga odam ismini berishni hech aqlimga sig’dira olmayman.
  • Pora olib berib ishlari bitdi. O’sha kuni vijdonlarin yutdi.
  • Keling do’stlar, to’g’ri bo’laylik – dedi o’rog’.
  • O’zim qora bo’lsam ham bag’rim pok , toza – dedi qozon.
  •  O’quvchilarimga ,farzandlarimga qarayman-u yoshligim ,bolaligim keladi.Mendagi xozirgi qusurlar ularda shakllanmaslikka intilaman.
  • Hayot qiziq … bir paytlar kimdir meni sevishini juda-juda istardim. Yillar o’tyabti.Men endi birovni sevishni ,boshqa birov ham meni sevishini xech ham istamayman.
  • Men yomon ko’rgan odamlarga ham yomonlikni ravo ko’rmadim, shu kungacha bu ishlarimdan hech bir yomonlik ko’rmadim.
  • Dadam bu dunyodan o’tganlaridan so’ng padari buzrikvorimni hozirgi minglab akademiklardan donoligini sezyapman,go’yo dadam ruhi meni hozirgi erishayotgan muvaffaqqiyatlarim sababchisi.
  • Men o’zimdagi odamlarga , tabiatga zarar keltirmaydigan qusurlar bo’lishidan xech cho’chimayman, bu qusurlarim meni olloh bandasi ekanligimni doimo eslatib turadi.
  • Biz doimo ayollarni e’zozlashimiz haqida lof uramiz ,ammo shu kungacha e’zozlamay kelganligimizni tan olishimiz kerak, buning sababi onani qanday e’zozlash kerak? opani-chi?, singilni ,o’z mahbubangni, birga ishlayotgan hamkasabangni , qizingni, nabirangni qanday e’zozlashing kerak? Menimcha shu savolga to’g’ri javob topa olgan, amalda qo’llay olgan insongina ayol zoti oldida hurmat obro’ga ega bo’ladi.
  • Ota-onam haqida salbiy gaplar eshitsam,vujudimda og’riq sezaman, shuning uchun mendan keyin odamlar salbiy gaplar aytmasligini, zero farzandlarim meni hozirgi ko’yimga tushmasliklarini ollohdan tilayman.
  • Ba’zan she’r yozgim keladi, sababi she’rda birovni sevishing, erkalashing , quchishing mumkin.Hech kim seni ayblay olmaydi,chunki sen she’r yozgansan.
  • Odam qiziq yaratilgan.Kuzatib quyidagilarni ko’rdim,siz ham ko’ryapsiz. Tug’ulgan zahoti, qaerga qo’ysa turaveradi,yuraveradi.
  • Kitoblardan ma’lumki alloh insonni tuproqdan yaratgan.Yosh bola shuning uchun tuproqni yaxshi ko’rsa kerak.Bora-bora katta bo’lgan sari cho’qqiga chiqisi keladi,uy solsa imorati baland bo’lishni hohlaydi,obro’si ham baland bo’lishni istaydi,bo’yi baland bo’lishni istaydi.Keksayib  qolgan sari balandlikka chiqishiga hohish yo’qoladi,balandlikdan cho’chiydi.Hatto yumshoq divan qolib oddiy yerga joy solib yotishni rohat deb biladi.Va nihoyat umr tugaganda yana yerga kirib boradi.Er alloh buyrug’i bilan o’zi yaratgan  mo’jizani,yana qaytarib bag’riga oladi,yana qachonlardir yana bir mo’jiza bo’lib chiqariladi.
  • Qalbim bir dengiz bo’lsa-yu,har bir inson unda suzib yura olsa,ammo o’zim ovchi sifatida ularga qarmoq tashlamasam o’zim eng bahtiyor inson bo’lsam kerak.
  • Ba’zi bir odamlar ota-onasini tirikligida zarracha mehr ko’rsatmay,ota-ona o’tganda ular qabriga marmardan imoratlar quradi,ular be’mani shuhrat uchun qiladilar,ammo bilsalar edi marhum va marhumalar o’lib ham qutulmadim deb noliyotganlarini.
  • Yolg’iz ayollarga mehr-muruvvat ko’rsatish ularga samimiy,biror narsadan umidvor bo’lmay yordam berish ularni sevish ardoqlash eng savob ishlardan biridir.
  • Har qanday erkakni o’z turmush o’rtog’idek yaqin odami bo’lmasa kerak.
  • O’zingni ko’p ham maqtov gaplar eshitishga o’rgatma.SHuningdek behudaga yerga urushlariga ham  yo’l qo’yma.
  • Amal pilla poyasini egallash uchun intil ammo shu amalga o’zingni loyiq-loyiq emasligingni belgilab tan olgin.
  •  Marhum va marhumalarni hech qachon g’iybat qilma, aks holda u sendan o’lib ham qutilmagani uchun azob chekadi. Birovni azoblash esa musilmon odamni ishi emas.
  • Amaldorlik kursisiga hech qachon intilmadim,ammo qanchalik bu narsaga befarq qarasam do’stlarim meni shunchalik tushinmayabti.
  • Odamni sirtiga qarab baho bermang.  
  • Shaftolini avval bo’y yetadigan joylaridan terib yeyish Maqtab yeyishdi So’ngra shoxini egib yeyishayotgan edi sinib ketdi. Shohi mo’rtligi uchun uni toza aybladi.
  • Ba’zan rahbarlar o’z qo’l ostidagi odamlarni ishni bilmasa ham , eplay olmasa ham    “labbaychi”, “xo’p-xo’p” chiligi uchun ham doimo rag’batlantirib, qo’llab-quvatlab yuradilar.
  • Ish davrimda biror marta sog’ligimni , o’z manfaatimni ko’pchilik manfaatidan yuqori qo’ymadim. Xudo doimo ishimni oldiga yurgizdi.
  • O’zimdagi qusurlardan biri har doim o’z fikrimda qatiy turishim. Menimcha bundan buyon atrofdagilarni ham tinglashni o’rganish kerak, chunki qariyapmiz,keksayapmiz shekilli.
  • O’qituvchi bir narsadan ollohga shukr keltirish kerak, u ham bo’lsa sof vijdonli, mehnatsevar o’qituvchi pedagok,tarbiyachi albatta jannati bo’ladi.
  • Hech qachon birovga baqirib qichqirib amal egallash eng muhimi xalq oldida obro’ qozanib bo’lmasligini hayotda ko’p uchratyapman.
  • Bolalarni qalbiga yo’l topa olgan muallim hech qachon kasbidan nolimaydi, aksincha unga dunyoning go’zalligi, xayotning zavqi har qadamda ko’rinaveradi.Qani endi shunday muallimlar ko’o bo’lsa.
  • SHunday odamlar bor ,seni amaling uchun jonini fido etadi, bu o’z manfaati yo’lida , agar manfaatdor bo’la olmasa jonini olishga tayyor turadi.
  • Agar bola ota –onasini sevmasa, hurmat qilmasa bu dahshat, ammo buning uchun bola aybdor emas .
  • Juda ko’p yillar davomida kuyinib gapiryapman ammo  samarali yo’l topa olmayapman bu-maktablarda erkaklarni ushlab tura olmasligimiz.
  • Dunyoda yomon narsalar juda ko’p shulardan eng dahshatlisi seni birov tushunmasligi yoki sen o’zingni fikringni tushuntira olmasliging deb hissoblayman.
  • Rahbar har doim o’z qo’l ostidagilarni hurmat va izzat qilishini bilsa, shu lavozimga loyiq hissoblanadi.
  • Men shu kunlarda rahbarimni baqirib birovni izzat nafsiga tegib hech narsaga erishib bo’lmasligini tushinib yetmoqdaman.
  • Ayol kishi bilan nihoyatda hushyor bo’lib muomalada bo’lish kerak, aks holda har baloga giriftor bo’lishi mumkin, sabakori kim bo’lsa ham.
  • Hayotning achchiq-chuchugiga chidab , hasrat qilmay yaratganga shukr keltirib, undan umidvor bo’lib yashashi ham har kimning qo’lidan kelavermaydi.
  •  Ota-onang oilang,farzandlaring naqadar sen uchun azizligini his etishing uchun bir zum ulardan uzoqroq turib ko’rgin, bilasan.
  •  Yashashni har kim xar xil izohlaydi. Sen ulardan aql tarozusi bilan tortib , hohlaganingni tanlab ol.
  • Ko’proq oddiy odamlar bilan gaplashdim, ularning fikr mulohazalaridan kasbimga oid yaxshi narsalarni o’rgandim.
  • Eng dahshatli narsa shuki birovni yomonlashga kelganda , uni elu-yurtga xizmatini (shu kungacha qilgan) unutamiz yoki o’sha insondagi kamchiliklarga biz ham sababchi ekanligimizni tan olgimiz kelmaydi.
  •  
  • Dunyoda ikki kasb egasi bor ularni har ikkisini ham jannati deb hissoblayman ,biri dehqon ,chunki har bir dehqon yerga baraka urug’i, qadar ekan , el-yurtni to’ydirsam , yerni umri bekorga ketmasa dep mehnat qiladi, ikkkinchisi bu — tarbiyachi.Hech bir tarbiyachi men tarbiya bergan bola hayotda qoqilsin demaydi.Uni dunyodagi ulug’ inson bo’lib kamol topishini istaydi,shu yo’lda mehnat qiladi.Bu kasbdan faxrlaning kasbdosh do’stlarim.
  • Birovni yomonlashga shoshilma, chunki keyin uni maqtasang xech kim seni gapinga ishonmaydi.
  •  Kimgadir falon vaqtda boraman desang imkon qadar ertaroq bor ,birovni zinhor kutdirmagil, birovni o’zing sabr bilan bir oz kutishga harakat qil.
  • Rahbar o’z oldiga yordam so’rab kirgan har bir insonga yordam berishi shart.Qo’lidan kelmasa shunday qilishi kerakki , shunday maslahat berishi kerakki ,shu inson shu odamga uchraganidan mamnun bo’lsin.
  • Men bir narsadan xursandman, hamma havas qilsa arzugulik , ko’pchilikni xurmatini qozongan ustozim bor , endigi niyatim hamma havas qilgudek ko’pchilikni izzatu hurmatiga loyiq shogirdim bo’lsa bu ham mening bahtimning bir bo’lagi.
  • Inson hech qachon to’kis baxtga ega bo’lmaydi. Biroq bundan ranjimaslik kerak. Sababi to’kis baxt uchun intilib yashash kerak .Har bir o’tayotgan umr daqiqqlaridan allohga shukr keltirish kerak .Mendan boy-badavlat , avvalo –ku aqlliroq odamlarni ko’rsam havas bilan yashadim ,mendan qashshoqroqlarni ko’rsam olloh ularga ham berishini istadim va istayman doimo.
  •  Qani allohdan chin dildan so’rasangchi ezgu tilagingizni bermasmikin, bermasa parvardigorni ayblamang ,chunki chin dildan so’ramabsiz.

    download


  •  
  •  Dehqon paxtasini qanday mehr bilan parvarish etsa , rassom ko’z nurini o’z san’ati uchun baxshida etib qanday zavq olsa, san’atkor o’z qo’shig’idan qanday mast bo’lsa , tarixchi ham bolalarga ta’lim tarbiya berishda shunday his tuyg’uga ega bo’lsa sajda qilgum sh
  • Keyingi paytda bolalarimizda kitob o’qishdan ko’ra , mayday – chuyda vaqtinchalik obro’ keltiradigan mashg’ulotlarga havas ortib ketyapti, ota –onaga , aka – ukaga mehrdan ko’ra , ko’proq o’ziga mehr qo’yapti? Sababi nima?  Biz kattalarni, ularga o’z mehrimizni yetkaza olmasligimiz emasmikin?
  •  
  •  Agar inson halol yashashni o’rganmas ekan, hayotda albatta biror jazoga muqarrar bo’lur.
  •  
  • Har qanday rahbar talabchan, qattiqqo’l, bir so’zli bo’lishi kerak. Ammo xuddi shu rahbar mexribon g’amxo’r bo’lsa, yuqoridagi xarakatlari odamlarga doimo ma’qul kelaveradi
  •  Tanqid qilishini bilgan odam, maqtashni o’rganishi kerak, maqtashni bilgan odam xolis tanqid qilishni bilgani lozim..
  •  Men hayotda doimo bir narsadan qo`rqib yashayman, bu ham bo’lsa gunohkor bo’lish.
  • Men bir yigitni uchratdim… Uch-to`rt yil avval shunday kelishgan, sog’lom, ko’rkam, boyvachcha yigit, gado bo’lib qolibdi Xatto birov bilan so’rashganda qizarib ketadigan bu tanishim 5-10 so’m so’rashdan or qilmadi. Bunga xammasi ichkilik sabab ekanligini ko’rib, unga chin dildan achindim.
  •  Ba’zan mehmon uchun anqoni urug’ini topib beramiz, yil, 12 oy ulfatchilik desa boyvatchalik qilamiz.o’zimizdan yuqoriroq mansabdorlar holidan xabar olishga intilamiz ha bu ham o’z o’rnida kerakdir Biroq farzandimizga oddiy kitob yoki ruchka sovg’a qilishga ro’zg’orimizda haftalab oilamiz kamini to’ldirmay yurishga ;bizga xar kuni intiqlik bilan kutayotgan ota –onamizni ko’rib qo’yishga hafsala qilmaymiz.
  • Menda shu qadar qahr borligin bilibsan ,ey meni xush ko’rmaydigan inson menda qanchalik mehr borligini ham ko’rgin iltimos.
  • Tarbiya bu shu qadar murakkab vazifaki, har qanday  polvon, har qanday dono ham men buni  zo’r qilib bajara olaman deya olamaydi.
  •  Ming yil yashaganimda ham kitob o’qigim, nasixat eshitgim keladi, bu narsadan hech qachon zeriktirmagin, alloxim.
  • Ayol kishidagi iffat, or, nomus xayo har qanday qurollangan nafratni ag’darib tashlash qudratiga ega.
  • Erkak kishidagi g’azabni, g’azab bilan to’xtataman degan ayol xato qiladi,aksincha g’azab o’tini lovilatadi xolos, aksincha ayoldagi ma’yuslik, ma’sumalik ba’zida esa ko’zdan tushgan bir tomchi yosh o’tni o’chirishga qodir.
  •  
  • Doim go`zal chiroyli narsalarga  qarang,chiroyli so’zlashga odatlaning yaxshilik haqida o’ylang chiroyli yurish turish xulq madaniyatida namuna bo’lingda avvalo go’zal bo’lasiz sog’lom bo’lasiz olloh oldida ham banda oldida ham hammaga yoqasiz.
  •  Alloh insonni o’z qudrati bilan yaratdi.shu insonga ham farzandni yaratguvchi o’zi berdi . Hamma hursand. Vaqti soati kelib shu berganini qaytib olish uchun so’rasa namuncha ko’z yoshi ,xafagarch
  • O’zimdagi yaxshi narsalarni atrofimdagilarga bergim kelib yashadim ba’zida berdim ba’zida bera olmadim. Birovdan narsa olishni azob deb bildim,ba’zida oldim ba’zida olmadim .
  • Hayotda ba’zan qiyinchiliklarga duch , ammo nolimadim chunki vijdonim pok , gunohlardan qochib yashayapman , shuning uchun bu qiyinchiliklar vaqtinchalik va o’tkinchidir.
  • Mening do’stlarim yaqinlarim doimo tanqid qilishadi ,ishga bunday yotib olish yaramaydi.sog’lik ham kerak .ozgina oilani ham o’ylash kerak. Ey do’stlarim ,azizlarim bilsangiz edi meni sog’ligim shodligim oilamning tinchligi ,farzandlarim kamoli shu meni jondan aziz kasbim ,ishim bo’lsa nima qilay.
  •  Farzandlarim uchun ,ularni kelajagi uchun hech narsani ayamadim agar ular ham shunday qilsa ulardan mingdan –ming roziman va shunday qilishlarini allohdan tilab qolaman .
  • Inson farzand ko’rgani uchun emas ularni yaxshi inson bo’lib voyaga yetayotganligi  uchun faxrlanish kerak .
  • Men kimni xafa qilgan bo’lsam ( o’rinli yoki o’rinsiz ) o’zimni –o’zim jazolab yashadim.
  •  
  •  
  •  Maorif uchun kechayu — kundiz qayg’urdim qanchalik ishladim qanchalik shu sohaga nafim tegdi bilmayman ammo ba’zida onamni , singlimni oilamni , farzandlarimni ,ukalarimni xizmatini qila olmagam bo’lsam shulardan ko’nglim g’ash bo’lib yashadim.
  •  O’z ayolini biror joyda muhokama etib yoki maqtab gapirgan erkakni, o’z turmush o’rtog’ini yomonlab gapirgan ayolni hech ham hurmat qilgim kelmaydi, ming bora haq bo’lsa ham .
  •  Oh!!… to’g’ri , qonuniy ishlash naqadar qiyin joning qiynalib ketadi , biroq fursat keladi o’sha joning rohatlanadi.
  • Rahbar bir ishni buyurishdan oldin o’ylab ko’rish kerak , shu ishni amalga oshirsa bo’ladimi , ishni bajaruvchi xodimni qobilyati shunga qodirmi, aks holda bu buyurilgan ish devorga aytilgan bo’ladi.
  •  
  • Alloh erkak kishiga marhamatini juda keng qilib bergan. SHuning uchun erkak kishi oldida ma’suliyat ko’p bo’ladi . u oilani boshlig’i sifatida turmush o’rtog’ini , fazandlari talablarini oqilona bajarishi ularni gunoh ishlardan qaytarishga ma’suldir. Ota-ona , aka-uka ,singillar turmush o’rtog’ini oila azolariga mehr – muruvat oqibat ko’rsatishi erkaklar uchun ham farz, ham qarz  deb hissoblayman.
  • Odamlarga yaxshilikni, ular bilish uchun qilma , savob uchun qil .
  • Insonlardagi ijobiy hislatlarni ko’ra bilish yaxshi ulardagi yomon  xislatlarni axtarmaslik esa a’lo.
  • Ko’mirni qoraligini tariflagandan ko’ra, uni jonga beradigan huzuri haqida gapirgan afzal.
  •  Bir to’p yoshlarni ko’rdim . Ular ko’chalarni ozodaligi , pokizaligi haqida zavq bilan bir-biriga gapirishib o’tiribdi.Men bundan xursand bo’lmadim chunki ular bu gaplarni ozoda pokiza joyda pista chaqib turib gapirishayotgan edilar.
  • Tarbiya bu shunday narsaki,…???
  • Kitob o’qimagan kishini o’xshatgim keldi. Go’yoki u o’z uyi oldiga keldi-yu, uyiga kira olmayabti , kalit yo’q.yo qulfni buzadi yoki devordan oshadi.
  • Hayvonlar nomi bilan bir-birimizga laqab qo’yamiz hatto haqoratlaymiz,o’ylab qolaman, hayvonlarchi?
  •  Qancha ko’p gapirsang shuncha ko’p xato qilasan deyishadi, ba’zan gapirmasdan ham xato qilish
  •  Farzand otasini hech narsani bilmaslikda aybladi.Otani-ya !!! .Afsuski ,farzand haq, chunki u shunday tarbiya olgan edi-da.
  •  Kambag’allik suvini ichib, so’ngra boylik sharobini ichgan odamgina mastlik zavqini sura oladi.
  •  Mehr pastga qarab oqadi,deyishadi, uni yuqoriga oqizishni ham unutmaslik kerak.
  •  Bolaga bilim berishdan avval ,mehr berish
  •  
  •  Yomon hotiralarni o’ylab yashagandan ko’ra yaxshi hotiralar qoldirish uchun yashash kerak.
  •  Suhbatdoshim Bilan bir soatcha gaplashdim. U hozirgi yoshlarni tarbiyasi yomon bo’lib ketayotganligi , kitob o’qimasliklari barcha narsalarga befarq ekanligi haqida kuyinib gapirar edi. Yoshlarga achinib ketdim , suhbatdoshim o’qituvchi edi.
  • Hasad bog’ida rohatlanib yotgandan ko’ra , havas bog’in gullatgan yaxshiroq.
  •  
  •  Ba’zan hammaga aql bo’lasan boshqa bir insonlar muamolarini hal etish uchun maslahatlar berasan, lekin o’zingni oddiy muammolaringni hal etolmaysan.

  • download
Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov
Дафтар хошияси
O’YLARTabiat.
Jamiyat.
Inson.

“Tabiat gultoji”Kiyik och qolmaslik uchun ko’kat yeydi. Amma bir-birini o’ldirmaydi. Sher och qolmaslik uchun kiyikni yeydi. Ammo bir-birini o’ldirmaydi. Odam ko’katni ham yeydi. Kiyikni ham yeydi. Ko’ngil hushi uchun sherni ham o’ldiradi… Keyin.. urush qilib, bir-birining boshini yeydi…Darvinga e’tiroz
Darvin ta’limoti noto’g’ri. Odam maymundan emas, maymun odamdan tarqagan. Oyog’i yerdan uzilmaganlar odam bo’lib qolgan. Oyog’I yerdan uzilganlar esa maymun bo’lib daraxtga chiqib ketgan… Bu jarayon hamon davom etmoqda…Eng aqlli jonivor
Dunyoda eng aqlli jonivor-baliq! Birinchidan, soqov. Ikkinchidan, muttasil dumini likillatadi!


download

Bu dunyoga keldingmi…

Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!
Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!


download

Оставить ответ

*