Архив за месяц Декабрь 2016

Salom Yangi Yil !

0111 Mana bolajonlar orziqib kutgan YANGI YIL bayrami ham eshik qoqmoqda. Bugun majmuada ARCHA BAYRAMI! Har bir bolaning chehrasida tabassumni ko’rasiz. Qalblari sevinch sig’maydi. Har bir o’quvchi o’z ertak qahramonlarining liboslarini kiygan holda sevinchlarini atrifdagilar baham ko’rgisi keladi. Archa bayramimizga mehmon sifatida tashrif buyurgan teatr hodimlarining qiziqarli chiqishlari bolajonlarning kayfiyatlarini yanada ko’tardi. Bayram kayfiyatini o’zida jamlagan kuy va qo’shiqlar, Qorbobo va Qorqizning tabriklari va qiziqarli chiqishlari zalda yig’ilgan barchaning qalbiga quvonch labiga tabassum ulashdi. Yurtimizning har bir go’shasida bu qadrdon va quvnoq bayram ko’tarinki ruhda, quvonchli va qiziqarli, tinch va osoyishta o’tishini tilaymiz! Yurtimiz ahliga tinchlik va osoyishtalik, oilaviy sog’lik-salomatlik tilaymiz!

YANGI   YILINGIZ    BILAN, AZIZ    YURTDOSHLAR!   

KONSTITUTSIYA — QOMUSIMIZ!

Конституция 7-dekabr kuni majmuada Konstitutsiyamizning 24 yilligiga bag’ishlab tantanali tadbir o’tkazildi. Tadbir davomida o’quvchilarimiz tomonidan konstitutsiyamizning qonun va moddalari haqidagi badiiy chiqishlari va sahna ko’rinishlari orqali Ona Vatanga, Konstitutsiya va barcha davlatimiz ramzlariga bo’lgan hurmat va muhabbat yig’ilganlarning yuragida o’zgacha bir tuyg’uni jonlantirib o’tdi. Ayni paytda yoshlarimizning konstitutsiyamiz haqidagi bilimlari, qonun va huquqlarni yaxshi bilishlari, Ona Vatanimizning kelajagi ishonchli yoshlar qo’lida ekanligiga yana bir bor amin bo’ldik.  Yoshlarimiz baxtiga Vatanimiz tinch va obod, osmonimiz doimo musaffo bo’lsin!

8 dekabr — KONSTITUTSIYAMIZ KUNI bilan barchangizni muborakbod etamiz!